Ro‘ra vaqti ayollarga xos masalalar

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar bergan ma’lumotlaringiz uchun tashakkur! Izlash xizmatidan qidirib topa olmadim. Ayollar ro‘za vaqtida namoz o‘qishlik uchun tahorat olsayu, namoz vaqtida maziy kelib qolishidan qo‘rqib paxta tiqib olsa ro‘za ochilmaydimi? Bunday savol uchun uzr so‘rayman, lekin bilishim kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juda kerakli va yaxshi savol beribsiz. Bu juda ko‘p ayollarda bo‘ladigan holat. Ro‘za holatida lattani qinning ustidan qo‘yib oladi va agar tahorati ketsa namozga tahorat oladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:31 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar