Ota norozi bo‘lsa
Assalomu alaykum! Kelin bo‘lib tushganimga 11yil bo‘ldi. Shu vaqtgacha oilamizda men bilan bog‘liq ko‘ngilsizlik, janjal bo‘lmagan. Uydagilarni hurmatini saqlayman. Savolim shuki, turmush o‘rtog‘imning ishlari orqaga ketib o‘nglanmayapmiz. Qaynotam bundan darg‘azab bo‘lib fe’li ko‘tarmay qarg‘aganlar. Shumniyatlanib qolgan. Sabr qiling desak ham, taqdirimiz ekan desak ham bo‘lmayapti. O‘g‘lini ham sovutib qo‘ygan. Aytingchi otamizni bu xususdagi noroziligi to‘g‘rimi? Alloh sinaydiku bandlarini. Shu ishlardan so‘ng xidoyat topayapmiz. (Ammo otamiz namoz o‘qimayaptilar.) Har ishda hikmat borligi shudir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizni norozi qiladigan biror ish qilmagan bo‘lsangiz bas. Alloh taolo bandasiga gohida rizqni tor, gohida keng qilib qo‘yadi. Bu sinovdir. Buning uchun bir-biringizni ayblashingiz to‘g‘ri emas. Alloh taolo "Fajr" surasida marhamat qiladi:فَأَمَّا الْإِنسَانُ إِذَا مَا ابْتَلَاهُ رَبُّهُ فَأَكْرَمَهُ وَنَعَّمَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَكْرَمَنِوَأَمَّا إِذَا مَا ابْتَلَاهُ فَقَدَرَ عَلَيْهِ رِزْقَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَهَانَنِ 15. Bas, qachon insonni Robbisi sinash uchun ikrom qilsa va ne’mat bersa, «meni Robbim ikrom qildi», deydir.
16. Bas, qachon Robbisi sinash uchun rizqini tor qilib qo‘ysa, u «Robbim meni xorladi», deydir.
Kishilarda boylik va kambag‘allik haqida noto‘g‘ri tushuncha bor. U ham bo‘lsa boylikni Alloh tarafidan izzat-ikrom, Alloh roziligining alomati, yaxshi ko‘rgani uchun mol-dunyo berdi, deb e’tiqod qiladilar.
Aksincha, kambag‘allikni esa Alloh tarafidan xo‘rlash, xush ko‘rmaganlik alomati, deb tasavvur qiladilar. Aslida esa undoq emas.Alloh taolo molu dunyo, boylikni yaxshi ko‘rgan bandasiga ham, yomon ko‘rgan bandasiga ham beraveradi, shuningdek, yaxshining ham, yomonning ham rizqini tor qilib qo‘yishi mumkin. Boylik Alloh tarafidan bo‘lgan izzat-ikrom emas, balki imtihon–sinovdir, shuningdek kambag‘allik ham. Sinovdan maqsad esa Allohning itoati: banda boy bo‘lsa, shukr qilib, boylikni Alloh ko‘rsatgan yo‘lga sarflaydimi, yo‘qmi? Yoki kambag‘al bo‘lsa, sabr qiladimi, yo‘qmi? (“Tafsiri hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 22:15 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush