Qarzni uzish

Assalomu alaykum! 1. Men ancha yillar oldin kolledjda o‘qib yurgan vaqtimda kolledjdan pasta tergani olib borgan osha payitda yoshlik qilib yoki dinda yahshi ilmim bo‘lmagani uchunmi paxtani tortganda kilosi og‘ir bo‘lishi uchun bazida kessak yoki ko‘sak yashirincha paxta ichiga solib tortirganmiz va necha kilo tergan bo‘lsak pul ham olganmiz endi nima qilsam bo‘ladi maslahat bersangiz paxta tergan joyga borib fermerga hammasini aytib rozilik so‘raymi hohlasa haqqini ham beraymi nima qilsam bo‘ladi? 2. Yoshlikda ko‘chada mevali darahtlarni egasidan beruhsat olib eganmiz bazida qarovsiz qolgan mevali darahtlari bor er uchastkalargayam ruhsatsiz kirib mevalaridan olganmiz lekin hammasini ham eslay olmayman. Esimda borlarni egalarini oldiga borib rozi rizolik so‘raymi? Eslay olmaganlarimni nima qilaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haq egalarini topib ularni rozi qilishingiz kerak. Alloh taolo taqvoingizni yanada ziyoda va ibodatlarda mustahkam qilsin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar