Do‘stlik tushunchasi nima?
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s. a. v) o‘zining hadisi shariflarida "Jannatga kira olmaysizlar . Mo‘min bo‘lmaguningizcha. Mo‘min bo‘la olmaysizlar. Bir-biringiz bilan do‘st bolmaguningizcha’’ deb marhamat qilgan ekanlar. Mening do‘stlarim (sinfdoshlar, kursdoshlar vahokazo) ibodat qilmaydilar. Ammo ba’zi ishlarimda Alloh taoloning marhamati bilan ko‘maklashganlar. Yana bir hadisi sharifda esa ’’Bir inson solih amallarqiladi, ibodatlar qiladi. Ammo uning do‘stlari fosiqlardir. U inson qiyomatda ular bilan birga tirilib ular sababli do‘zahga tushishi mumkin. Yana bir inson o‘zi ibodat qilmaydi. Ammo u solihlar bila birga, ularning xizmatidadir. U insom qiyomatda ular tufayli jannatga kirishi mumkin’’ deyilgan. Men ularga qo‘limdan kelganicha dinimizni tushuntirdim. Ammo hidoyat Alloh taolodanku. ’’Xadisi qudsiy’’ da esa Alloh taolo ’’Ey odam farzandi nega inson o‘zi yakka holda o‘lishini bilib, o‘zi yakka holda qabrga qo‘yilishini bila turib, o‘zi yakka holda savol-javob qilinishini bila turib nega Allohdan o‘zgasini do‘st tutadi’’ deyilgan. Shu masalaga Alloh taolodan yordam so‘ragan holda aniqlik kiritib bersangiz. Xadislarda adashgan bo‘lsam Alloh taoloning o‘zi kechirsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Do‘stlik Allohning yo‘lida bo‘ladi.
27 Aprel 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Do‘stlik Allohning yo‘lida bo‘ladi.
27 Aprel 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar