Egan ovqat tomoqqa kelsa

Assalomu alaykum! 1) Og‘zimiz yopiqlik paytida egan ovqatimiz tomog‘imizgacha kelib qaytib ketsa ya’ni (zarda bo‘lsak) ro‘zamiz buzilmaydimi?2) Bomdodga azon aytilgan vaqtdan boshlab bomdod payti boshlanadimi? Azon aytilishiga namozimizni o‘qib olsak qabul bo‘ladimi? 3) Qadr kechasi kuni ayollar hayz holatida bo‘lib qolsa, namoz o‘qimay, Qur’on tilovat qilmay, faqat tasbeh aytgan holatida shu kunning savobidan umidvor bo‘lsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘zi kelib o‘zi ketsa buzilmaydi. Og‘izga chiqqandan keyin qasddan yutsangiz buziladi.2). Ha. 3). Albatta. U kunni ibodat bilan o‘tkazish kerak deyilgan. Ibodat faqat namoz yoki tilovati Qur’ondan iborat degani emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:09 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar