Telegram botlari

Assalomu alaykum! Telegramdagi ba’zi botlarga startni bosgandan keyin pul yuting deb bittatugmani bosishni korsatadi keyin esa qanchadir pul korsatiladi , endi yana yutish uchun dostlaringizni taklif qiling deydi. Lekin yutilgan pulni chiqarib bolmidi chunki atayin shunde qilinadi. Hamda bu botlarni doim xbet yoki mostbet kabi kompaniyalar qòllaydi. Bu narsa yani botlar halolmi yoki harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom narsani qo‘llaydigan botlardan saqlanish kerak. Chunki Allohning harom qilgan narasini mensimasdan reklama qilib yoki ularni tijoratini rivojlantiradigan botlardan musulmon odam hazar qilishi kerak. Harom narsalarni reklama qilgan ishi ham harom uni orqasidan topgani ham harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:13 | Savol-javoblar | 190 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar