Nimaga zaif va to‘qima hadislar bizni mazhabda sahih hukmga o‘tadi
Assalomu alaykum! Men 2 ta hadisni hukmi haqida savol bermoqchiman 1) shariatda sharm yo‘q deyishadi lekin ilm o‘rganish uchun berishga majburman. Ushbu saytda istimno haqida " Ularni qo‘liga nikohlanganlar deyiladi va ular Allahni la’natiga uchraydi " degan hadisni o‘qidim va roviysi sanadi aniq yozilmagani uchun internetdan qidirdim ammo barcha saytlarda istimno haqida aniq ochiy oydin to‘liq ravshan bu harom la’natlangan degan hadis yo‘q istimno haqida barcha hadislar to‘qima va zaif degan ma’lumotni o‘qidim. Bundan tashqari bitta internetda mashhur o‘zbek imomi ham istimno haqida aniq ochiq oydin istimno ni hukmi unaqa bunaqa degan hadis yo‘q degan gapni aytgan edi . meni hayron qoldirib aslida bu savolni berishga majbur qilgan sabablarda biri masalan O‘grilik , G‘iybat kabi Qur’on ha Hadisda ochiq oydin aniq ravshan kelgan gunohlar la’natlanmagan ammo Qur’on va Hadisda aniq istimno so‘zi ishlatilmay istimnoning hukmi mana bunday degan gap kelmagan bo‘lsada bu gunohni la’natlangan degan hukmni berilishi albatta dinimizni yanada chuqur va detallar bilan o‘rganishniu taqazo qiladi . savol shuki, iltimos shu siz keltirgan "istimno bu qo‘liga nikohlangan bularga Allahning la’nati bo‘ladi" degan hadisni kimdan rivoyat qilingan sahihmi zaifmi yoki to‘qimami shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz 2) " Bir mahal namozni qoldirgan 80 ming yil jahannamda yonadi" degan hadisni ham o‘qidim oldin namoz kitoblarda bu hadisni o‘qimaganim uchun batafsil ma’lumot olish maqsadida internetdan qidirdim ammo bu hadisni ham zaif yoki to‘qima degan gaplarni o‘qidim . Mantiqan olib qaraganda ham masalan deylik bitta erkak 12 yoshida 14-iyul kuni peshin vaqti maniy kelib balog‘atga etgan bo‘lsa shu odam darrov g‘usl qilib peshinni o‘qib namozni boshlasa va deylik 82 yoshida 4- Noyabrda shom payti vafot etsa shu kuni shomni o‘qib vafot etgan desak masalan bu odam 70 yil va qanchadir kun deylik bir kunda 20 rakat farz bo‘lsa aniq konkret 511000 ming dan ko‘p rakat namoz o‘qigan bo‘lmaydiku insonmiz baribir namozlarni qazo qilamiz kech boshlaymiz namozni ha hokazo . demak bu degani 99% musulmon albatta namozni qoldirgan degan sabab bilan yuqoridagi hadis bo‘yicha kamida 80 ming yil jahannamda qoladi degan hulosa kelib chiqyapdi savol shuki ushbu hadisni ham kimdan rivoyat qilingan sahihmi zaifmi shu haqda batafsil ma’lumot berishni iloji bormi savollarim noqulay bo‘lsa uzr so‘rayman ammo meni niyatim holis ilm o‘rganish va dinimiz buyurganday oqni oqqa qorani qoraga ajratish ya’ni sahih hadisni qo‘rqmasdan ochiq oydin sahih zaif yoki to‘qima hadisni zaif yoki to‘qima deb ro‘y rost hukmini chiqarish
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida unday ishni fuqaholarimiz harom deb aytganlar. Uni haromligiga quyidagi oyatni dalil qilganlar. وَالَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَافِظُونَ 5. Ular farjlarini saqlovchilardir. إِلَّا عَلَى أَزْوَاجِهِمْ أوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ 6. Magar o‘z jufti halollari va qo‘llarida mulk bo‘lganlardan (saqlamasalar), albatta, ular malomat qilinuvchi emaslar. فَمَنِ ابْتَغَى وَرَاء ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْعَادُونَ 7. Kim ana shundan boshqani tilasa, bas, ana o‘shalar tajovuzkorlardir. (Muminun surasi).
Shariatimizda zarar keltiruvchi har bir narsa harom degan qoida bor. Ushbu qoida asosida fuqaholarimiz hozirgi kunda nos va sigaret kabilarni haromligiga fatvo bermoqdalar. Xuddi shuningdek tibbiy jihatdan istimno’ qilish ham o‘ta xatarli ish ekanligi isbotini topdi(ba’zi bir e’tiborsiz doktorlarni gapiga qaralmaydi. Chunki ularni gapi olinsa bir jinslilarni nikohidagi bir qancha foydalarini ham aytib beraveradilar).
Bu hadisning zaifligi Abu Hanifa rahmatullohi alayhning zamonalarida ham zaif ekanligiga dalolat qilmaydi. chunki qancha-qancha hadislar bor, fuqaholar uni sahih deb dalil qilganlar. Yillar o‘tib muhaddislar uni zaifga hukm qilganlar. Hadisni zaif bo‘lishiga ularning roviylari sabab bo‘lgan deb aytishgan. Lekin fuqaholar u hadislarni sahih deb hukm olgan davrda, keyingilar zaif deyishiga sabab bo‘lgan hadis roviysi hali tug‘ilmagan edi. Ya’ni hadisni zaif bo‘lishiga sabab bo‘lgan roviysi tug‘ilmasidan oldin fuqaholar sahihligiga ittifoq qilib undan dalil olishgan. Bu kabi holatlar juda ko‘p. Bu haqida zamonamiz muhaqqiqlaridan Muhammad Avvoma hafizahulloh “Asarul hadisi sharif fixtilaafil a’immatil fuqaho” nomli kitob yozganlar. Bu tarjima qilingan tez kunlarda nashrdan chiqib qoladi. Qolaversa bir hadisni zaif ekanligi yuzga-yuz bu hadisni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytmaganlar degan ma’noni bildirmaydi. Targ‘ib va tarhib bobida ularni dalil qilish mumkin. Namozni kechiktiruvchi haqida Alloh taoloning “Ma’uun” surasidagi “4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki… 5. Ular namozlarini unutuvchilardir” degan oyati, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Banda bilan kufrni orasini ajratuvchi narsa namozni tark qilishdir” degan hadislari kifoya qiladi. Odamlar esa bundan aslo ta’sirlanmay qo‘ydilar. Vo’izlar yaxshilikka sabab bo‘lishi uchun qissalarni keltirgan paytida biz zaif hadisni keltirishimiz malomat qilishga sabab bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 184 | Hadislar