Ijaradagi mashina
Assalomu alaykum! Men ijaraga mashina beraman. Ijara pulini oyma oy olaman. Ijaraga olgan yigit mashinani sotsam pulini ishlatsam bir yil ichida joyiga qo‘yaman sizga (yani sotilib ketga yo‘q mashina) oyma oy ijara pulini beraman dedi. Men shu sotilib ketgan mashinadan ijara puli deb pul olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Ijara” deb “taqsit savdosi”ni nazarda tutayotgan ko‘rinasiz. Taqsit savdosi bilan sotilgan (ya’ni, pulini bo‘lib to‘lashga sotilgan) tovar xaridorning mulkiga kirgan bo‘ladi. Xaridor pulini hali to‘liq to‘lashdan oldin, o‘sha narsani boshqaga sotishi joiz. Bu sotuvchiga to‘lashi kerak bo‘lgan qarziga ta’sir qilmaydi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 207 | Moliya va tijorat