Taqvo va iymon
Assalomu alaykum! Alhamdulillah tajviddan xabarim bor. O‘rganganman. Oilada faqat o‘zim tajvidni bilganligim sababli meni imomlikka o‘tqazishga harakat qilishadi. Menda esa bir muammo bor: gunohlarim va gunoh qilib qo‘yishim ehtimoli borligi. Uylanmaganman. Balki bu ham chalg‘ishlarga sabab bo‘layotgandir. Imomlikka o‘tishga ikkilanyapman. Tajviddanmas, gunoh qilib yana imomlik qilishga o‘tishim qay darajada to‘g‘ri bo‘ladi. Boshqa hech kimning tajviddan xabari yo‘q Tavba qilaman. Bu gunohlarni qilmaslik kerakligini ham bilaman. Ammo nafs va yoki shayton yo‘ldan uradi. Maslahat bering, nasihat qiling. Qalbim, vijdonim qiynalyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunoh ishlarni tark qiling. Haqiqiy tavba qilib istig‘forni ko‘paytiring. Gohida shu kabi holat kuchli turtki bo‘lib, inson gunohlardan tiyilishga quvvat topishi mumkin. Uylanishga harakat qiling. Imomlikka o‘tsangiz joiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar