Ish barakali bo‘lishi uchun
Assalomu alaykum! Qilayotgan yaxshi amallaringiz ajrini Alloh ko‘paytirib bersin. Hozir paxta terimidaman, bugun saqlab qo‘yilgan birinchi terim terishni boshladik. Hamma bilan qatorimiz teng ketadi. Ya’ni do‘stlarim bilan bir xil masofada agatda paxta teraman. Lekin ularniki ko‘proq chiqadi. Bugun ham ko‘pchilikniki 20-22 chiqdi meniki 16. Hatto mendan sal orqada qolganniki ham 19 kg chiqdi. Avval ham shunday edi. Ishni Bismillah bilan boshlayman, yodimdan chiqqan bo‘lsa eslashim bilan “Bismillahi avvalahu va oxirahu” deyman. Iloji boricha “Oyatul kursiy”, “Fotiha”, solatan nariyalarni aytib teraman. Faqat tahoratsiz bo‘laman. Ish vaqtida sura o‘qish joizmi? Ishim barakali bo‘lishi uchun qanday sura, oyat, duo o‘qishim kerak? Bularni nolib aytyotganim yo‘q, agar savol qo‘polroq chiqqan bo‘lsa uzr. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dindan bo‘lgan har bir amalni faqat Alloh taoloning roziligi uchun qilishni niyat qilish kerak. Shunda qolgani o‘z-o‘zidan bo‘laveradi. Ulamolarimiz “namoz o‘qisang, uni qilsang, buni qilsang ishing yurishadi, baraka bo‘ladi” deyishlari maktabda o‘qiyotgan yosh bolaga xo‘rozqand olib beraman deyishi kabidir. Bola yaxshi o‘qisa oqibatda nimalarga erishishini bilmagani, xo‘rozqand esa naqd foyda ekanligini bilgani uchun ham unga shu gaplar aytiladi. Mo‘min inson har bir tilovat qilgan oyatidan Alloh taoloning huzurida qanchalik ajr-savob, tuganmas-bitmas ne’matlar borligini bilganida ibodatlariga berilgan baraka xo‘rozqandchalik ham emasligini biladi. Shuning uchun har bir amaldan faqat Alloh taoloning roziligini umid qilish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:47 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar