Ichgan akamga qarab gunoxkor bo‘lmayapmanmi

Assalomu alaykum! Meni xo‘jayinim o‘tgandan keyin ikki nafar o‘g‘lim bilan ota uyimga yaqin joydan dadam uy qilib berdilar. Ikkita akam ikkita singlim bor. Ota xovlida qolgan akam ko‘p ichadi, chekadi 2ta xotini bor, lekin ularga qaramaydi. O‘g‘li qizlari xam ichganidan zerikishgan. Men axvoliga achinib osh ovqatiga qarab turaman. Axir ichsayam jigarim, akam deb. Men bu bilan ichgan odamga ovqat berib gunoxkor bo‘lmayapmanmi? Bir joyda o‘qigandim ichuvchiga xech narsa berib bo‘lmaydi deb. Men faqat akamligi uchun Alloh uchun qarayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Silai rahm qilib, chiroyli uslubda nasihat ham qilib turing. Kitoblar olib kelib bering. Davolatinglar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 195 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar