Roddul muxtor kitobi haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Roddul muxtor kitobi va muallifi haqida ma’lumot bersangizlar. Iltimos, bu kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Roddul muxtor kitobi Durrul muxtor nomli kitobga yozilgan xoshiya bo‘lib, uning musannifi Muhammad Amin ibn Umar ibn Obidin tahallusi bilan tanilgan hanafiy fiqhining etuk faqihlaridan hisoblanadi. U kishi Suriyaning Dimashq shahrida hijriy 1198 hijriy, 1784-milodiyda tug‘ilib, hijriy 1252 melodiy 1836-yilda Dimashqda vafot topganlar. Ibn Obidin Shom ya’ni Suriya, Urdun, Falastin va Lubnon diyorining faqihi, o‘z asrida hanafiy ulamolarining imom bo‘lganlar. Roddul muxtor kitobi fiqhiy mavsua darajasidagi kitob bo‘lib, undagi har bir masalani olingan manbaasi keltirib o‘tilgan. Bu kitob hanafiy fuqaholari muhaqqiqlarining fikr va taxrijotlarini o‘z ichiga olgan. Yozilgan kunidan boshlab, hanafiy mazhabidagi qozi va muftiylarning eng ko‘p murojaat qiladigan kitobi bo‘lib kelmoqda. Bu kitobni o‘zbek tilida tarjimasi yo‘q. Durrul muxtor kitobi “Tanvirul absor” kitobiga sharhdir. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 04:39 | Savol-javoblar | 271 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar