Bemahramga yaqinlashish

Assalomu alaykum! Hurmatli Uztozlar, men oldinlari bir qizni yoqtirardim. Oradan vaqt o‘tib u qiz menga nasib qilmadi. Hozirda farzandi bor ammo oilasi yaxshi emas. U menga qo‘ng‘iroq qilib menda ko‘ngli borligini aytayapti. Shu holatlardan so‘ng men u bilan munosabatda bo‘lishim gunoxi azim. Ammo uni o‘z eri yoniga qaytarishga xarakat qilganim sari menga ko‘proq bog‘lanib qolayapti. Savolim shuki qo‘pol bo‘lib urushib gapirsam qanchalik to‘g‘ri? Qanday o‘zimdan uzoqlashtirsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz birovning xotiniga gapirishdan o‘zingizni to‘xtating. Aks holda sizni xotiningizga ham “akaxon” yoki “ukaxon”lari chiqib qolishadi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar