Zakot va qurbonlik bizga vojibmi?
Assalomu alaykum! Oilamizning puli nisobga etgan, ammo nasib qilsa men 1 oydan keyin chet davlatga o‘qishga borishim kerak, uning harajatlari bor. Bundan tashqari bu yillik zakotni ham hali bermadik. Shu holda qurbonlik vojibmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakotni ham berasizlar qurbonlikni ham qilasizlar. Zakot bermagan kishining moli esa ichida zakotga haqdorlarning moli ham aralashgan mol sifatida nopok bo‘lib turadi. Qachon zakotini bersa, poklanadi, bo‘lmasa yo‘q. عَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَال:َ انْتَهَيْتُ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ أَوْ وَالَّذِي لَا إِلَهَ غَيْرُهُ أَوْ كَمَا حَلَفَ مَا مِنْ رَجُلٍ تَكُونُ لَهُ إِبِلٌ أَوْ بَقَرٌ أَوْ غَنَمٌ لَا يُؤَدِّي حَقَّهَا إِلَّا أُتِيَ بِهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْظَمَ مَا تَكُونُ وَأَسْمَنَهُ، تَطَؤُهُ بِأَخْفَافِهَا، وَتَنْطَحُهُ بِقُرُونِهَا، كُلَّمَا جَازَتْ أُخْرَاهَا رُدَّتْ عَلَيْهِ أُولَاهَا حَتَّى يُقْضَى بَيْنَ النَّاسِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga etib bordim. U zot:
«Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, yoki O‘zidan boshqa Iloh yo‘q bo‘lgan Zot bilan qasamki» yoki shunga o‘xshagan bir qasam ichdilar-da:
«Kimning tuyasi yoki qoramoli yoki qo‘yi bo‘la turib, haqqini ado qilmasa, albatta, qiyomat kuni o‘shalar eng katta va semiz holida keltiriladi. Ular uni tuyoqlari bilan depsaydilar, shoxlari bilan suzadilar. Qachon uning oldidan oxirgisi o‘tsa, oldingisi qaytib keladi. Odamlar orasida hukm chiqarilguncha shunday davom etadi», dedilar».
Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Sharh: Ushbu ma’nodagi hadislar sal avvalroq, qiyomat kuni zakot bermagan odamning boshiga tushadigan azob-uqubatlar bayonida keldi va miqdori ellik ming yilcha bo‘lgan o‘sha kunda ular tinimsiz azobga tortilib turishlari bayon qilindi.
Ba’zi imkoni bor kishilar zimmalariga qurbonlik vojib bo‘la turib, qurbonlik haqida zarracha ham fikr yuritmaydilar. عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: مَنْ وَجَدَ سَعَةً لِأَنْ يُضَحِّىَ، فَلَمْ يُضَحِّ، فَلاَ يَحْضُرْ مُصَلاَّنَا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki qurbonlik qilishga imkon topib, qurbonlik qilmasa namozgohimizga kelmasin», dedilar ”.
Ahmad, Hokim, Bayhaqiy va boshqalar rivoyat qilishgan.
Bu hadisdan qanchalar norozilik alomati zohir bo‘lyapti. Har qanday musulmon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning noroziliklariga bardosh qila olarmikin? Bu norozilik, zimmasiga qurbonlik vojib bo‘la turib, qurbonlik qilmagan kishilar uchundir.
Namozgoh o‘zi shunday joy-ki, hatto zimmasiga namoz o‘qish vojib bo‘lmaganlar ham bu erga jamlanishga targ‘ib va tashviq qilinadi. Bu hukm islomning avvalida bo‘lgan edi. O‘sha paytda hayz ko‘rgan ayollar ham namozgohda hozir bo‘lishardi. Aslida esa hoiza ayolga hatto namoz o‘qish ham joiz emas. Lekin bu hukm Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonlarigagina xos bo‘lib, keyinchalik fitnalar xavfining oldini olish uchun bekor qilingan.
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning so‘zlariga e’tibor bering, u zot “Kimki qurbonlik qilishga imkon topib, qurbonlik qilmasa namozgohimizga kelmasin” deb hukm qilmoqdalar.
Qurbonlik qilmaydigan kishidan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qanchalik nafratlanganliklari ma’lum bo‘ldi. Bunday shaxsga musulmonlar namozgohining yaqiniga ham yo‘lamaslik hukmi berildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zarracha ham muhabbati bo‘lgan kishi uchun bu gap juda qattiq gap! Lekin afsuski, qurbonlikka shu qadar ta’kid bo‘la turib ham ba’zi kishilar bu borada beparvolik qilishmoqda. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar