Xotin eridan qarz bo‘lishi mumkunmi

Assalomu alaykum! Mening Otam va onam turmush qurishgandan 5 yildan keyin onam uyda tort qilip bozorda sotishni yulga quygan la shu tariqa 15 yil shunaqa ish qilishgan onam bozorda sotgan la faqat shuni ketidan Uy qilingan moshina olingan Onamni pul bilan ishlari bulmagan faqat pullarni dadamga bergan la qishloqda gaz uchip sharoit bulmay tortchilikni egishtirishgan ayam katta pul topib sovda qilip urganip qolganlari uchun turkiya dan kiyim kechak olip kelip sotaman dip Dadamda 2.000 $ dan 3 marta pul oganla va bu ishni qila olmay bankrot buganla pulla yuqalip ketgan endi dadam mani pulimni yuqatding pulimni ber topib ber dip har pul haqida gap ketgandan janjal qiladila Savolim shuki 1) Shu masala da onam dadamdan qariz buladi lami usha pulni berish lari shartmi 2) Uy joy moshina ga onam qanchalar haqliyla diniy tomonlama chunki dadam uyni maniki sanikimas dip janjal qiladila faqat 3) Dadam ayamga ishlamiysan pul topmiysan yotasan faqat dip kop janjalla qilishadi shu ishlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qarz deb olgan bo‘lsa, qaytarishi lozim.2). Xotin erining mulkiga haqdor emas. Mabodo er vafot etsagina xotini uning moliga merosxo‘r sifatida ega bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar