Er halolmi

Assalomu alaykum! 1). Mani dadamni erlari bor 15sotix atrofida uni meni yoshligimda olishgan ekan .Dadamni aytishlari bo‘yicha o‘sha vaqitda oiladagi o‘g‘il farzandlarga bepul davlat tomonidan er berilayotkan bo‘lgan va amakim va dadam ham bu erdan olishganakan.Erni rasmiylashtirib bo‘lingandan so‘ng mahhala komitetdagi insonlar (erni rasmiylashtirib bergan)dadamdan ziyofat qilib berishni so‘rashgan ekan va dadam ziyofat qilib bergan ekanlar.aslida Ular dadamamdan hech narsa so‘ramasliklari kerak edi.chunki u erlar oiladagi o‘g‘il farzandlarga bepul berilayotkan bo‘lgan ekan.o‘sha vaqtda bizni uyimiz bo‘lmagan ijarada tugan ekanmiz.Lekin biz u erda yashamagamiz u er quruq er hozir boshqa uyimiz bor o‘sha erda yashaymiz. Endi agar Dadam qilib bergan ziyofat poraga kirsa va osha er pora evaziga olingan bo‘lib qolsa dadam olgan o‘sha erni hozir sotib uni pulini oborot qilib pul topsak harom pul topkan bo‘lmaymizmi.Hali sotkanimiz yo‘q lekin mani shu narsa shubhaga solib qo‘ygan chunki bu erni pulini oborot qilib va bu mobodo umrimizni ohirigacha shu puldan ko‘paytirib pul topsak luqmamiz shunga bo‘g‘lansa bilishim bo‘yicha harom narsani Alloh nomi bilan deb esa va haromdan pul topib ehson qilsa juda yomon ekan va amallarni boshi haloldan bo‘lishligi kerakham ekan men u erni sotib pulini ko‘paytrisam amalimni boshi haromdan bo‘lib qolmaydimi qiyomatda afsuslanib qolmaslik uchun nima qilishim kerak.taqvo qilib u erga tegmaganim afzalmi? 2)Biz u erni olgandan keyin u erga uy qurmasdan keyinroq boshqa uy olib chiqib ketgan ekanmiz.agar biz u erga uyimiz bo‘lmaganligi uchun haqli bo‘lgan bo‘lsak erni olib bo‘lganimizdan keyin boshqa uy olgan bo‘lsak oldingi olingan er boshqa bir uyga muhtoj insonni haqqi bo‘lib qolmaydimi chunki o‘sha vaqtda erni berishdan maqsad aholi uy joy bilan taminllash bo‘lgan menimcha.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Pora bergani uchun u er harom bo‘lib qolmaydi. Pora berib katta gunoh qilingan. Tavba qilish lozim.2). Sizlarga berilgandan keyin nima qilsangiz, ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar