Test va onlayn zoom

Assalomu alaykum! 1. Men institutda o‘qiyman. Chet tili dan yakuniy nazorat bo‘lishi kerak. Yakuniy nazoratda testlar bo‘lar ekan. Ya’ni 50 ta test olinadi yakuniy nazoratda. Chet tili ustozimiz bizga testlarni echilgan variantlari bilan 200 ta test tashaganlar. Shu 200 ta testni ichidan 50 tasi yakuniy nazoratda tushar ekan. Biz shu ustoz tashagan testlarni javoblari bilan yodlab, yakuniyda o‘sha testlarni ichidan tushgan testlarni to‘g‘ri belgilasak olgan bahoyimiz halol bo‘ladimi? 2. Hozirda darslar online, ya’ni zoom orqali bizga o‘tilmoqda. Men namoz o‘qishga jamoatga chiqaman. Shu darsimiz peshin vaqtida zoom da online bo‘lsa, men o‘sha zoomga kirib ozgina darsni eshitib yoki zoomga kirib qo‘yib, o‘zim jamoatga chiqib ketsam bo‘ladimi. Jamoatga chiqib ketganimda dars bo‘layotgan bo‘ladi. Lekin nikim zoomda, darsda bo‘ladi. Yani shu darsni eshitayotgandek bo‘laman go‘yo. Zoomda kameram o‘chirilgan bo‘ladi. O‘qituvchilar shu zoomga kirgan niklar orqali davomat qilishadi. Shunday qilishim mumkinmi? Yolg‘on bo‘lib, gunohkor bo‘lib qolmaymanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Imtihon o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish tartibi shunday etib belgilangan bo‘lsa, joiz.2). Yolg‘on ishlatmang. Zaruriy yumush uchun borib kelishingizni ayting. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar