Spirt zavod

Assalomu alaykum! Men bir do‘stim nomidan savol yo‘llamoqchiman. Do‘stim xar jabhada taqvoli bo‘lishga xarakat qiladi. Savolim shundan iborat, bizdi spirt zavodimiz bor, spirt 70% 50ml bo‘ladi, biz xuddi shunday chiqaryapmiz, shuning uchun narximiz boshqa zavodlarga nisbatan qimmat chiqyapti. Boshqa zavodlardi narxi ancha arzonligini bilib surishtirganimizda spirt foizi ancha kamligini bildik va mililitri xam kamligini bildik. Shunga biznikidan ancha arzon ekan. Bu bizning sotish hajmimizga ta’sir qilyapti. Bilasizlar, zavod qurish uchun katta mablag‘, ancha mehnat sarflanadi. Xozirda ancha odam ishlaydi. Spirtni hajmi va foizini tushirsak yolg‘on ishlatgan bo‘lamiz. To‘g‘ri quyib sotsak narx ko‘tarmayapti. Zavod yurmay qolish ehtimoli yuqori. Ikkilanib qoldik. Shunga nima maslaxat, tavsiyalar berasizlar. Sizlardan iltimos, bir eng yaqin birodarizdek tavsiya beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tug‘risini aytib soting, agar oz bo‘lsaham daromadning barakasi bo‘ladi. Aslo yolg‘on va makr qilmang. Bandalarning haqqi sizni bo‘yningizda qolmasin. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar