Xatna to‘yi

Assalomu alaykum! Bizda o‘g‘il bolalarni xatna qilinganda xatna to‘y qilib berishadi. Shu joiz amalmi? Men unaqa deb o‘ylamayman. Uydagilarga tushuntira olmayapman. Shu 1-2 kunda o‘g‘limni xatna qildirmoqchimiz, to‘yni keyingi yil qilarkanmiz. Lekin turmush o‘rtog‘im shu xatna qilingan kuni uyga qo‘ni qo‘shni, qarindoshlarni chaqirib "xudoyi" o‘tkazamiz deyapdilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xatna to‘yi degan narsa dinimizda yo‘q, urfning ishi. Islomda aqiyqa degan narsa bor. “Baxtiyor oila” kitobini olib o‘qisangiz, unda bu masalalar hujjat-dalillari bilan batafsil berilgan. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:15 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar