Kitobga targ‘ib

Assalomu alaykum! Men telegramda kitob o‘qishni intizomga aylantirish uchun kanal ochdim. Unda har kunlik vazifa berib boriladi va har haftada 1 ta kitobni o‘qib tugatamiz (men ham birga o‘qiyman) Har kitobni tugatganda ovozli chatda shu kitobni muhokamasi bo‘ladi. Bir nechta savollarim bor. 1) buni keyinchalik kurs shaklida qilib arzonroq bo‘lsa ham pullik qilib , pulini reklamaga sarflash va qolganiga sovg‘a olib musobaqa qilib yutganga shu sovg‘ani bersa qumor bo‘lmaydimi? ( chunki odamlar rag‘batsiz bo‘lgani uchun kamchilik qiziqyapti)(yoki bronbir hamkor topaymi , sovg‘a u tomondan bo‘ladi. 2) Odamlarga telegram guruhga odam qo‘shishlarini aytsam bo‘ladimi? 3) Ko‘p qiziquvchilar ayollar bo‘lyapti ular uchun alohida kanal qilsam yaxshiroqmi (admin ayol bo‘ladi) Buning barchasi odamlarni kitobsevarga aylantirish.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kursda qatnashish bepul bo‘lsin. Shunda ular o‘rtasida musobaqa uyushtirib, g‘olibga homiyning sovg‘asini bersangiz bo‘ladi.2). Insonlarning shaxsiy akkauntlarini ularning ruxsatisiz biror kanallarga qo‘shib qo‘yishni joiz deb o‘ylayapsizmi?3). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 158 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar