Chirildoqlar xalolmi
Assalomu alaykum! Chigirtka xaololligi to‘g‘risida ko‘p marta javob berildi. Shu o‘rinda chirildoq xalolmi degan savol tug‘ildi. Chirildoqni lotincha nomi “Gryllidae” bo‘lib bu xashorot chigirtka singari “to‘g‘ri qanotlilar” (ba’zan “sakrovchi to‘g‘ri qanotlilar” deb xam yuritiladi) turkimiga kiradi. Bilishimcha bu xashoratni boshka chigirtkalar singari axoli chigirtka deb uylaydi. Bu xashorat xam chigirtka singari tomorqalarda ekinlarga zarar keltiradi, sakrovchi xashorot, xullas chigirtkaga o‘xshash. Savol to‘g‘ulishiga sabab xozirda chirildoq qo‘p erlarda suniy etishtirilyapti. Yaqinda shu xashoratni Respublikamizda chet elliklar tomonidan etishtirishmokchiligi to‘g‘risida xam maqola chikarildi. Maqolada ruschada sverchok deb yozishyapti, qo‘pchilik chigirtka deb o‘ylashi mumkin lekin uni chirildoq va buni xalolligi to‘g‘risida aniq ma’lumot ko‘pchilikka kerak deb o‘ylayman. Chunki ushbu xashorotni maydalab un qilib konditer va non, makron maxsulotlariga kushish mumkin ekan. Internetda Indoneziyani bir saytida xarom deb ma’lumot berilgan, va shu bilan birga ushbu davlatni ulomolari rasmiy saytida (https://mui.or.id) 2000 yilda chiqarilgan xalolligi to‘g‘risida fatvo xam fayl shaklida joylashtirilgan (FATWA MAJELIS ULAMA INDONESIA. Nomor: Kep-139/MUI/IV/2000). Ushbu fatvodan ular chirildoq xam chigirtkani bir turi degan ma’noda yozishyapti va suniy etishtirish va eyishga ruxsatligi atilyapti. Savol: 1. Chirildoq xalolmi ? 2. Indoneziyadan chiqarilgan ushu fatvoni xaqiyqiligni aniqlab bera olaslarmi va unga bizni diyordagi Xanafiylar amal qilishi mukinmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi:عَنِ ابْنِ أَبِي أَوْفَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: غَزَوْنَا مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سَبْعَ غَزَوَاتٍ أَوْ سِتًّا، كُنَّا نَأْكُلُ مَعَهُ الْجَرَادَ.Ibn Abu Avfaa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan ettita yoki oltita g‘azotda ishtirok etdik. U zot bilan chigirtkani er edik».
Buxoriy rivoyati.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan chigirtka halol ekani, uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham, sahobai kiromlar ham tanovul qilganlari kelib chiqadi. (Hadis va hayot kitobidan).
“E’lous sunan”da quyidagicha aytilgan:
“Chigirtka halol ekanligiga ijmo’ qilingan. Faqatgina Ibnul Arobiy Sharhut Termiziyda hijoz va andalus chigirtkalarini farqlab, andalus chigirtkasi haqida: “Eyilmaydi, chunki bu ayni zarardir”, degan. Ibn Hajar: “Agar boshqalarda topilmaydigan o‘ziga xos zaharga ega bo‘lgani uchun uning zararli ekani sobit bo‘lsa, uni (eyish) mustasno ekanligi tayin topadi”, degan. Aytamanki: “...U chigirtka shaklidagi mutlaqo boshqa jonzot bo‘lishi ham mumkin, bas, bu holda u haromdir.”
Agar siz so‘rayotgan narsa ham aslida “الجراد” (chigirtka) emas, unga o‘xshash boshqa narsa bo‘lsa, haromdir. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 208 | Halol va harom