Ruhiy kasallik qo‘zg‘aganda tahorat va namoz
Assalomu alaykum! Meni bir oz ruhiy kasallikka moyilligim bor. Kasalligim shuki, ba’zan, ko‘z oldimda turli xil nuqtalar paydo bo‘ladi (gallyutsinatsiyaga o‘xshash). "Mo‘minning me’roji" kitobida jinni bo‘lish bilan ham tahorat sinadi deyilgan. Ba’zan, xuruj o‘tib, o‘zimga kelaman va namoz o‘qish umidi paydo bo‘ladi. Lekin, to yana borib tahorat olgunimcha eski kasalim qo‘zg‘ashi mumkin. 1-savolim: mening bu kasalligim ham o‘sha jinnilikka kiradimi (Alhamdulillah! Es-hushim joyida, o‘zimni idora qila olaman, faqat ko‘z oldimda mana shu nuqtalar paydo bo‘ladi va fikrimni chalg‘itadi), ya’ni bu bilan tahoratim sinadimi ? Shuni aytib o‘tishim kerakki, hech qanday "kichik" yoki "katta" tahoratni sindiruvchi narsalar sodir bo‘lmaydi. 2-savolim: Ana shunday paytda namoz o‘qishim mumkinmi, chunki o‘sha paytda namozni biroz bo‘lsa-da, tadabbur qilib o‘qish imkoni bor, faqatgina ruku’ va sajdada tasbeh aytayotganimda xayolim nuqtalarda bo‘ladi. Namozni vaqtida o‘qish farzdir. Mening bu o‘qigan namozim qabul bo‘ladimi yoki qazoga qoldirib o‘qishim kerakmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat sinishi uchun old-oqadan biror narsa chiqishi kerak. Siz kasalligingiz xuruj qilganida orqa oldidan narsa chiqqanini bilasizmi yoki yo‘qmi? Chiqmaganini aniq bilsangiz tahorat sinmaydi namozingizni ham o‘qiyverasiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 09:24 | Savol-javoblar | 171 | Tahorat