Buvim prasentga pul beradi

Assalomu alaykum! Buvim 1 odamga 3mln qarz berganlar. 3 oydan so‘ng 3lnga 600 qo‘ship qaytarish sharti bilan. Jami 3mln 600mingga maraka qilmoqchilar xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni shariatimizda ribo deyilib, harom amal hisoblanadi. Gunohi esa quyidagi hadisda keladi: عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرِّبَا سَبْعُونَ حَوْبًا، أَيْسَرُهَا نِكَاحُ الرَّجُلِ أُمَّهُ، وَأَرْبَى الرِّبَا : اسْتِطَالَةُ الرَّجُلِ فِي عِرْضِ أَخِيهِ. ورواه الإمام أحمد في المسند   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ribo etmish juzdir, uni(gunohi)ng eng engili kishi onasi bilan yaqinlik qilish bilan barobardir. Riboning eng kattasi kishi o‘z birodarining obro‘sini to‘kishdir”.
Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar