Yaxudiylar va Uzayr alayxissalom

Assalomu alaykum! Yaxudiylar Uzayr alayhissalomni nima uchun Allohning o‘g‘li deyishgan? Xozirda xam uni o‘g‘li deb e’tikod kilishadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Tavba” surasida : وَقَالَتِ الْيَهُودُ عُزَيْرٌ ابْنُ اللّهِ وَقَالَتْ النَّصَارَى الْمَسِيحُ ابْنُ اللّهِ ذَلِكَ قَوْلُهُم بِأَفْوَاهِهِمْ يُضَاهِؤُونَ قَوْلَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَبْلُ قَاتَلَهُمُ اللّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ۝ 30. Yahudiylar «Uzayr Allohning o‘g‘lidir», dedilar. Nasorolar «Masih Allohning o‘g‘lidir», dedilar. Bu og‘izlari bilan aytgan gaplaridir. Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga o‘xshaturlar. Alloh ularni la’natlasin. Qayoqqa o‘girilib ketmoqdalar?! 
Ahli kitoblarga nisbatan yuqoridagi hukmlarning chiqishiga sabab bo‘lgan narsalarning to‘rtinchisi – ahli kitoblardan
«Yahudiylar «Uzayr Allohning o‘g‘lidir», dedilar». 
Ya’ni Allohga Uzayrni shirk keltiradilar.
Shuningdek: «Nasorolar «Masih Allohning o‘g‘lidir», dedilar». 
Ular ham Allohga Masih – Iysoni shirk keltiradilar. Bu ishda yahudiylar ham, nasorolar ham o‘zlaridan oldin o‘tgan butparast mushriklarga o‘xshashga urinadilar. Ha, «Bu og‘izlari bilan aytgan gaplaridir. Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga o‘xshaturlar». Ilmiy asosda sobit bo‘lganki, ular mazkur aqiydani Yunon, Rum, Hind va Misr mushriklaridan olganlar. Asl yahudiy va asl nasroniy aqiydalarda bu gaplar yo‘qdir.
«Alloh ularni la’natlasin. Qayoqqa o‘girilib ketmoqdalar?!». ("Tafsiri hilol" kitobidan).
Yahudiylarning hammasi emas, faqat ba’zi toifasigina shunday e’tiqodda bo‘lishadi.  Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 190 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar