Atayin ro‘za tutmas

Assalomu alaykum! Kecha Ramazonning birinchi kuni edi. Dugonamlar sayohatga chiqishni rejalashtirib kuni bilan charchashimiz mumkin deb, kursdoshlari bilan ro‘za tutmabdilar. Dugonam qolgan kunlarni tutmoqda. Atayin qoldirgan kunining hukmi qanday? Kafforat qilib tutsinmi yoki qazomi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Subhi sodiq (bomdod vaqti) kirishidan oldin ro‘za tutish niyatidan qaytgan bo‘lsa faqat qazo qiladi. Ro‘zani boshlab qo‘yib, keyin niyatidan qaytgan (eb-ichgan) bo‘lsa qazo va kafforot lozim. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 172 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar