Ish xaqimni bermasa o‘g‘irlasam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Bir joyda ishlasam ish xaqqimi bermasa shu ish xaqqimi bermagan inson molidan o‘g‘rilik yo‘li bilan ish xaqqimidan oz miqdorda olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz sizni haqiqatda haqdor yoki haqdor emasligingizni bilmaymiz. Sizga oling ham olmang ham deyolmaymiz. Juda ko‘p holatlarda insonlar o‘zicha o‘zlarini haqdor deb biladilar. Aslini surishtirsak esa hech qanday haqdor bo‘lmay chiqayapti. Sizni biz undaysiz deb aytolmaymiz, ammo uylanib turib ham ota-onasiga “tug‘dirganingdan keyin boqasanda” deydigan yigitlarni ko‘rayapmiz. Qoida: Kimdir kelishuvga binoan biror kishining ishini qilsa xizmat qildirgan tabiati buzuqligi tufayli ishchining haqini bermasa ishchi har qanday yo‘l bilan o‘z haqichasini olishga haqqi bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:32 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar