O‘g‘illarim bilan birga nomoz o‘qishim
Assalomu alaykum! Men ikkita farzandim bor, ikkichi xam o‘g‘il. Biri 18 ga ikkinchisi 14 to‘lish arafasidan. Ikkalasi xam Fotixa, Ixlos va bazi suralarni bilishadi. Ammo nomozni mustakil o‘qiy olishmaydi sababi attaxiyot va salovatlarni xali to‘lik yoddan bilishmaydi va nomozdagi xarakatlarni ketma ketligida adashishligi mumkin. Men ikki o‘g‘limni yonimga olib birga nomoz o‘qisam ular meni xarakatimga qarab birga xarakatlanishadi. Turmush o‘rtog‘im ishda bo‘ladilar. Savolim shuki men ayol kishi bo‘lib o‘g‘il farzandlarim bilan birga nomoz o‘qishimiz joyizmi to o‘rganib olgunlaricha? Imomlik kilgandek bo‘lib kolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘il bolalar ehtilom bo‘lgach yoki 15 yoshga to‘lgach balog‘atga etadilar. Sizning o‘g‘illaringiz zudlik bilan namozni mustaqil o‘qishni o‘rganib olishlari shart. Buning bir kun vaqt etadi. Yaqiningizdagi biror masjidga chiqsa bir kunda o‘rganib olishadi. Ularga namoz farz bo‘lgan. Namozni farzlarini o‘z o‘rniga qo‘yib ado qilmasalar gunohkor bo‘lib qoladilar va uning qazosini mukammal tarzda qayta o‘qishlari shart bo‘ladi. Siz ularga imom bo‘lishingiz, ular sizga ergashib namoz o‘qishlari aslo joiz emas. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar