So‘fiylar xarom ish qilishi mumkinmi?
Assalomu alaykum! Elif Shafaq ismli yozuvchining "Ishqqa oid 40 qoida" kitobi yoshlar orasida ko‘p o‘qilayotganini kuzatdim va o‘zim ham o‘qib chiqdim. Kitobda Jaloliddin Rumiy hamda Shams Tabriziy o‘rtasidagi munosabatlar keltirilgan. Asarda ularni Allohga bo‘lgan ishq birlashtiradi va ularni so‘fiy deb atashadi. Kitobda Shams Tabriziyning xiromantiya(kaftdagi chiziqlarga qarab inson kelajagini aytib berish) bilan shug‘ullanishini ko‘rishimiz mumkin. Bilishimcha bu ish - xarom. So‘fiy insonning xarom ish bilan shug‘ullanishi mumkinmi? Agar bu noto‘g‘ri bo‘lsa shunga o‘xshagan asarlarni deb (diniy jihatdan) bilimsiz insonlarda noto‘g‘ri qarashlar paydo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunning eng katta balosi shoir va yozuvchilar dinga tegishli qilib she’r va romanlar yozishi. Ular o‘zlari aqiyda va diniy ahkomlardan to‘liq xabardor bo‘lmaganlari uchun romanlariga turli shirk va harom amallarni to‘ldirib tashlashmoqda. U romanlarni o‘qiganlar uni xuddi Allohdan nozil bo‘lgan oyat yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadis deb tushunishmoqda. Siz aytgan gaplar ham o‘sha romanchilarning gapi. Bu Jaloluddin Rumiy va Shams Tabriziy rohmatullohi alayhimlarga qilingan tuhmatdir. Undan ham og‘ir balo turli xil tillardan tarjima qilishayotgan tarjimonlarning balosi. Aqli etmagan narsaga qo‘l urib kitob va kitob sohiblariga bo‘htonlarni yog‘dirishmoqda. Hozirgilarni saviyasini tushuntirish uchun kichik bir misol. Hadis kitoblarida sahobalar bir-birlariga o‘ta qattiq muhabbat qilgan, bir-birlari uchun jonlarini fido qilgan – deyilgan. Hozirgi kunda bir hil jinslilarning nikohini oqlovchilar o‘zlarini ishiga sahobalarning o‘sha ishlarini misol qilishmoqda. Ular ham bizga o‘xshagan ekanlarda deb. Hozirgi tarjimonlarning juda ko‘plari shu darajaga olib kelib qo‘yishmoqda. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:38 | Savol-javoblar | 161 | Kitoblar