Psixogenetika haqida

Assalomu alaykum! Bir tanishim psixogenetik marafonida qatnashayotgan edi va bu fan Quron va hadislar o‘rganishingizda eng kerakli ilm deb qiziqtirib qo‘ydi. Darslariga qo‘shilib eshitib ko‘rdim va psixogenetik ayolning islomga zid, yot so‘zlarni aytayotganini sezdim. Ular psixogenetikani islom bilan bog‘lagan holda o‘zgacha falsafa bilan o‘rgatayotganlarining va oyatlarni noto‘g‘ri talqin qilayotganlarining guvohi bo‘ldim. Aytishicha insonlar 80% genetika bilan yashashar ekan. Bu marafonning nomi "Yangi men" bo‘lib, bu ilmni o‘rganib, amal qilgan inson butunlay boshqa odamga aylanar ekan va yana biz ota-bobolarimizning xato-gunoxlari ijrochisi ekanmiz. U ayol tasavvufning to‘rtinchi bosqichida ekanlar va agar xohlovchilar bo‘lsa keyingi treninglarida tasavvufdan dars berishlari mumkinligini aytdilar. O‘zi shariy ilmga ega emas, madrasa yoki islomiy dargohlarda tahsil olmagan holda, juda katta ommaga chiqishi to‘g‘rimi? Chunki ularning izidan ko‘p ayollar ergashyaptilar. Iltimos, shu haqida ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar siz aytgandek bo‘lsa, o‘rganib ko‘rish kerak. Shariatga zid bo‘lsa, aslo bormaslik lozim. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 221 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar