Tungi 12dan keyin namoz

Assalomu alaykum! Soat tungi 12dan keyin xufton o‘qishni ba’zi ulamolar makruh degan ekan, chunki 12dan keyin qiyomul laylni vaqti kiradi debdilar. Demoqchimanki quyoshni nuri ketgan vaqtda asr o‘qish makruh bo‘lgan kabi. Shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Makruh degani to‘g‘ri. 12dan degani noto‘g‘ri. Shariatda tunning yarmi 12 hisoblanmaydi. Shomning vaqtida bamdod vaqti kirguncha bo‘lgan vaqtni yarmini tunning yarmi deyiladi. Bu ba’zi vaqtlarda 12ga to‘g‘ri kelsa ba’zi vaqtlarda to‘g‘ri kelmaydi. Xuftonning vaqti tunning yarmigacha deganlar ham bor. Mazhabimizdagi sahih qavl subh vaqti kirguncha bo‘lib, jamoat bilan o‘qimay yolg‘iz o‘zi bamdod vaqti kirgunicha kechiktirishi makruh. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 171 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar