Qasam kaforati

Assalomu alaykum! Men bir ishga qasam ichgandim, 10 marotaba qasamimni buzdim. 1 men har buzgan qasamimga kaforat to‘laymanmi? 2). Men kaforatiga miskinlarga taom edirishim kerak bo‘lsa 100 ta miskinga bo‘lar ekan. Menda esa 2milyon pulim bor, lekin u pulga boshqa narsaxam olmoqchiydim. Yo boriga kaforatga ishlataymi? Shunda xam etmaydikan, 4 oydan keyin pul topgani ketaman. Shunda bo‘lishi mumkin, shunga o‘rniga ro‘za tutsam bo‘ladimi? 3). Umraga atagan pulim bor, lekin umra safariga borish uchun 1 yildan beri xarakat qilaman. Keyin bilsam qasamni kaforati bor ekan, shunga umraga borsam ya’ni kaforatini to‘lamasdan zarrachayam umra ibodatiga zarar tegmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha, har biriga to‘laysiz. 2). Birma bir ado qilib borsangiz ham bo‘ladi. Birdaniga ado qilishingiz  shart emas.3). Ro‘za o‘tmaydi. 4). Avval kafforatni to‘lang. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 03:21 | Savol-javoblar | 174 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar