Dispeycherlik
Assalomu alaykum! Dispetcherlik xaqida talaygina savollarni o‘qib chiqdim. Ammo o‘zim bermoqchi bo‘lgan savolga javob topa olmagach men quyidagi savolni berishga niyat qildim. Meni vazifam Amerikadagi brokerlarga ularning yukini A nuqtadan B nuqtaga etkazib berish xizmatini ko‘rsatish. Ya’ni Amerikadagi xaydovchilarga shu yuklarni olib beraman va ular yukni o‘z manziliga etkazishadi. Savolim: 2 turdagi xaydovchilar mavjud 1- yakka 2- ikki kishi Ba’zida bir kishi ikki kishidek to‘xtamay yura oladi va ikki kishi tanqisligi sabablik va boshqa sabablar borligidan men bir kishilik fura ni brokerga yuking vaqtida etib boradi deyman (mendan furani ichida ikki kishimi deb so‘rasa yuq deyman lekin odatda so‘ramaydi). Lekin broker furani ichida ikki kishi bor deb tushini mumkin. Shu xolda olgan yukimdan qilgan foydam xalolmi yoki xarommi? Iltimos bir xukm bersangiz shunga qarab ishdan bo‘shayman yoki qolaman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on aralashgan faoliyat joiz emas. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 135 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on aralashgan faoliyat joiz emas. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 135 | Moliya va tijorat