Taqiqlangan salavotlar to‘plami audio disklari savdosi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Ushbu murojaat orqali bir ma’lumotni etkazmoqchi edim. Ma’qul deb topsangiz o‘z internet va ijtimoiy sahifalaringizda joylasangiz. Ko‘pchilikka yordam bo‘lardi deb o‘ylayman. Bundan bir yoki ikki yilcha oldin do‘konlarda turli salavotlar yozilgan audio disklar sotuvga chiqdi. Ularda turli tuman salavotlar yozilgan. Xozir ham sotilmoqda. Bu disklarni juda ko‘p do‘konlarda ko‘rishingiz mumkin. Lekin yaqinda ma’lum bo‘ldiki ushbu salavotlar yozilgan disklarni diniy qo‘mitadan o‘tkazib so‘ngra tarqatish mumkin ekan. Buni ko‘pchilik bilmagan, salavotlar oddiy qo‘shiqlar kabi deb o‘ylagan. Xozir bu disklarni sotgan kishi diniy mazmundagi ma’lumotni noqonuniy tarqatgan bo‘lib jarimaga tortilishi mumkin. Shunday ham bo‘layapti. Endi bundan ham jiddiy muammo paydo bo‘ldi. Shu kabi salavotlar to‘plamlari yozilgan bir necha disklar orasida taqiqlangan salavotlar ham bor ekan. Uni ma’nosini bilmay sotishyapti hamda eshitib yurishibdi. Bu shu disklarni sotayotganlarni yoki moshinasi, uyida ushbu diskni saqlayotganlari jinoiy javobgarlik tortilishiga, qamoqqa tushib qolishlarigacha olib borayapti. Shuning uchun barcha yurtdoshlarimizni ziyrak bo‘lishlarini iltimos qilardim. Hoh sotuvchi hoh xaridor bo‘lsalar ham bu disklarni tarqatishmasin yoki o‘zlarida saqlashmasin. Bilmay oddiy salavot disklari deb katta zararga kirib qolishyapti. Shu xabar orqali hammaga ma’lum bo‘lib zora oldindan ushbu disklarni peshtaxtalardan olib tashlashsa yoki uylarida saqlashmasa degan umidda yozdim. Katta rahmat Sizlarga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min kishi o‘zini shubha ostiga qo‘ymasligi kerak. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 156 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar