Xalol pul

Assalomu alaykum! Yaqinda qayn akam " Playstation" uyin o‘ynaydigan joy ochdi. Turmush o‘rtog‘im shu erda ishlayapti. Bu erga ko‘pincha maktab o‘quvchilari kelishadi, vaqtlarini o‘yin bilan o‘tkazishadi. Bu ishda ishlashini xoxlamasligimni aytdim. Allohni zikridan uzoqlashtiruvchi narsalar yaxshi emas deb o‘ylayman. Shu ishdan topayotgan puli xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom narsalarni o‘ynatmasa, harom bo‘lmaydi. Faqat bolalarni umrini behuda o‘tishiga sabab bo‘lmaslik kerak. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar