Ustoz va shogirt
Assalomu alaykum! Shogirt tushganimga 4 yil bo‘ldi. 2 yil oldin ustozim o‘rniga meni qo‘yib boshqa ish topib ishlardi men ishlayotgan joydan esa kunlik to‘plangan pullarni olib menga o‘z harajatlarim uchun berardi. Men shogirtman, ishlardim hozir esa boshqa mamlakatga ishga chiqdik. Bu joyda malum muddat birga ishladik boshqa joyga ketmoqchi bo‘ldi va o‘rnini berganligi uchun menga malum pul miqdorini qarz qilib ketdi. To‘ladim, 3 oy o‘tgach esa yana malum midqorda pul so‘radi. Men o‘zim ishlayotganimni va ota-onam dori uchun qarz olganman dedim, berolmasligmni aytdim. Unamadi o‘sha pulni berdim bu holatda men nima qilay yana so‘rasalar beraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar o‘rtangizda qanday kelishuv bo‘lganidan xabardor emasmiz. U aynan nima evaziga sizdan pul talab qilmoqda? Agar biror ish joyi yoki uskunani sizga ijaraga bergan bo‘lsa, o‘z vaqtida to‘lashingiz lozim. Agar sizga ta’lim bergan bo‘lsa yoki biror ish topib bergan bo‘lsa yoki ish joyini siz uchun bo‘shatib bergan bo‘lsa bu uchun bir marotaba kelishilgan pulnigina berasiz xolos. Ishingizdan doimiy ulush olib turishi uchun asos yo‘q. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:34 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar