Ehson ortgan pul

Assalomu alaykum! Bir birodarimizning farzandi kasal bo‘lib qoldi. Odamlar ehson qilib pul yig‘ib berishdi. Muolajalar foyda bermadi. Bolakay olamdan o‘tib qoldi. Endi o‘sha kishining qo‘lida muolajadan qolgan ehson pullari ortib qoldi. O‘sha pullarni o‘zining ehtiyoji uchun ishlatishi mumkinmi? Agar mumkin bo‘lmasa qarz sifatida olib biror bir biznes boshlab tushgan foydadan qarzni o‘zsa ham bo‘ladimi? Oilaviy sharoiti judayam og‘ir, maqsadi Alloh yo‘lida ehson zakot beruvchilar safida turish.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha pullar kimga mulk qilib berilgan bo‘lsa, o‘shanikidir. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 12:34 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar