Nikohsiz yashash

Assalomu alaykum! Ayrim yaqin tanishlarimiz(ba’zi paytlarda eng yaqin qarindoshlar ham) bizlarni uylandim deb o‘z to‘ylariga mehmonga taklif qilishadi. Bormasak, noqulay. Borsak, ayrim paytlari u yigit bilan qiz davlat niqohidan ham, shar’iy nikohdan ham o‘tmaganligini bilib qolamiz. Chunki, davlat niqohidan o‘tish huquqiy jihatdan majburiy qilib qo‘yilmaganligi uchun huquqiy javobgarlik yo‘q. Shuning uchun ham ba’zi paytlari ular farzand tug‘ilgandan keyingina metrika uchun FHDYo nikohini olishga harakat qilishadi. Shar’iy nikoh haqida esa, ayrimlarida tushuncha ham yo‘qligini ko‘rish mumkin. Bu haqida aytib o‘tishga esa, bizda huquq yo‘q. Yoki aytgan kimsani yomon ko‘rishadi. Shunday holatlarda biz qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizlar haromga guvoh bo‘lgan bo‘lasizlar. Bunday paytda haqiqiy holis yaxshilik yomon ko‘rsada ularni nikohga targ‘ib qilishdir. Chunki busiz ularning oxirati kuyib ketadi. Bir bor zino qilishning gunohi qanchalar og‘ir, umrbod zino qilib o‘tish, ulardan valadi zinolar tug‘ilishi, jamiyat buzilishining asosiy manbaalaridandir. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 16:23 | Savol-javoblar | 194 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar