Ovoz chiqarib qiroat qilish
Assalomu alaykum! Ko‘p odam yashaydigan yotoqxonada ayrim kishilar yurib ketayotib uxlayotgan odam uyg‘onadigan darajada yoddan qiroat qilib yurishadi. Boshqa ish bilan band odamlar ishni to‘xtatmay qiroatni eshitaverishadi. Shu holatning hukmi qanday? Eshituvchilar ish qolib ketadi deb tinchlanib qiroatni eshitmayapti, yurib qiroat qiluvchilar qiroat odoblarini bilib turib, bu ishdan qaytariqlarga quloq solmayapti. Qiroatni eshituvchi boshqa odamlar boshqa ishlar bilan bandligini bilib turib qiroat qilib yuruvchi kishilarga ta’sir qiladigan darajada javob berishingizni so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Baland ovozda qiroat qilish o‘zgalarning ibodati yoki dunyoviy ishlari yoki uyqusiga xalal bersa, baland ovozda qiroat qilish joiz emas. Boshqalar baland ovozda musiqa qo‘ysa jim rozi bo‘lib, Qur’on o‘qishiga norozi bo‘lish ham yaxshi emas. Bu ovozdan emas Qur’ondan malollanish bo‘lib qoladi. عن أبي سعيد الخدري أن النبي صلى الله عليه وسلم اعتكف في المسجد فسمعهم يجهرون بالقراءة فكشف الستر وقال: ألا إن كلكم مناجٍ ربه، فلا يؤذينّ بعضكم بعضاً، ولا يرفع بعضكم على بعض بالقراءة. رواه أبو داود والنسائي والبيهقي والحاكم Abu Sa’id al Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjidda e’tikof o‘tirganlarida sahobalar baland ovozda qiroat qilayotganlarini eshitdilar. E’tikof o‘tirgan joyining pardasini ochib: “Ogoh bo‘linglar, barchangiz Robbingizga munojot qilmoqdasiz. Ba’zingiz ba’zingizga aslo ozor bermasin, ba’zingiz ba’zingizdan qiroatini ko‘tarmasin” dedilar. Abu Dovud, Nasoiy, Bayhaqiy va Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 16:23 | Savol-javoblar | 172 | Qur’oni karim