Qur’on tilovati qoidasi

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Sizlar javob bergan savollarga takroran savol berib sizlarni ovora qilganim uchun uzur so‘rayman. Men ularni qidirib topolmagandim. Agar endigi savolim ham takroriy bo‘lsa uzr. Qur’on tilovatini yakunlash xususida edim. Men masjidda tilovat qilganimda dadam o‘rgatganlariday «sodaqollohulazim» deb yakunlardim. Bir kishi unday yakunlamang dedi. Chunki siz noto‘g‘ri o‘qigan bo‘lishingiz mumkin dedi. Shunday yakunlashim kerakmi yoki o‘sha kishini gapi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytibdi. Xato o‘qib “Alloh shunday degan” demangda. To‘g‘ri o‘qisangiz aytishingizni zarari yo‘q. Alloh taolo “Oli Imron” surasida marhamat qiladi : قُلْ صَدَقَ اللّهُ فَاتَّبِعُواْ مِلَّةَ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا وَمَا كَانَ مِنَ الْمُشْرِكِينَ۝95. «Alloh rost aytdi. Hanif bo‘lgan Ibrohimning millatiga ergashing. U mushriklardan bo‘lmagan edi», – deb ayt. 
Bu “Alloh taolo Qur’onda bergan xabar va hukm rostdir” deganidir. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 14:34 | Savol-javoblar | 192 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar