65 yoshli otaxonni namoz o‘qishga qiziqtirish

Assalomu alaykum! Bir Otahon yoshlari 65 ga kirgan hali ham namoz o‘qimaydilar, ro‘za tutadilar. Din, musurmonlar haqida gap ketsa jahli chiqib ketadi, musurmonlar qasamho‘r, domlalar ham ko‘pi yolg‘onchi va hokazo.... Bir kuni diniy masala bo‘lgani uchun bahslashib qolganimda. 1. Shunda ular Quron hozirgi zamonaviy tilda aytilganda konsititutsiya, odamlar yomon yo‘lga kirib ketmasligi uchun yozilgan dedilar. (Qanday qilib ularni Quron Allohning kalomi vahiy orqali yozilganligiga ishontirsam bo‘ladi). 2. O‘zlari pensiyadalar namoz o‘qimaydilar, vaqtlari bemalol, ularni namoz boshlashlari uchun nima yo‘l tutsam bo‘ladi. Duolarimda Allohdan qalblariga mustahkam iymon berishini so‘rayapman. Ramazon oyidan tashqari oylarda spirtli ichimliklar ham ichadilar. Bu vaziyatda ko‘ra turib ko‘z yuma olmayman. Shu inson ibodatlarda qoim bo‘lishi, dinga nisbatan munosabatlari ijobiy tomonga o‘zgarishi uchun nima amaliy harakatlar qilsam bo‘ladi iltimos maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqlarida duo qiling va dinni chiroyli qilib ko‘rsatish uchun barcha harakatlarni qiling. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:57 | Savol-javoblar | 151 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar