Da’vat

Assalomu alaykum! Da’vat qilish har bir musulmonga farzi aynmi yoki faqat imomlarga farzi kifoyami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har kimning ilmiy darajasi va holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Faqat imomlarga farz deyilishi noto‘g‘ridir. Alloh taolo Qur’on karimda bu ummatning fazlini bayon qilib: كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَلَوْ آمَنَ أَهْلُ الْكِتَابِ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُم مِّنْهُمُ الْمُؤْمِنُونَ وَأَكْثَرُهُمُ الْفَاسِقُونَ 110. Odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo‘ldingiz. Ma’rufga buyurasiz va munkardan qaytarasiz hamda Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitoblar iymon keltirganlarida, o‘zlariga yaxshi bo‘lar edi. Ulardan mo‘minlari bor. Ko‘plari fosiqlardir. (Oli Imron surasi). Har bir narsani o‘z uslubi va shartlari bo‘lganidek da’vat qilishni ham uslub va shartlari bor. Buni ham o‘rganib olish kerak. Chunki qosh qo‘yaman deb ko‘zini o‘yib olish holatiga tushib qolmaslik kerak. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 61 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar