Xadisdagi jumlada nima deyilmokchi ?

Assalomu alaykum! عن أبي ذر ، قال: انتهيت إلى النبي ﷺ، قال: «والذي نفسي بيده -أو والذي لا إله غيره، أو كما خلف - ما من رجل تكون له إبل أو بقر أو عنه، لا يؤدي حقها إلا أتي بها يوم القيامة، أعظم ما تكون وأسمنه، تطؤه بأخفافها، وتنطحه بقرونها، كلما جازت أخراها، ردت عليه أولاها حتى يقضى بين النّاس». رواه البخاري ومسلم والترمذي والنسائي   Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollalloxu alayhi vasallamning xuzurlariga etib bordim. U zot: «Jonim ko‘lida bo‘lgan Zotga kasamki» yoki «O‘zidan boshka iloh yo‘q bo‘lgan Zotga kasamki» yoki shunga o‘xshagan bir kasam ichdilar-da: «Kimning tuyasi yoki koramoli yoki ko‘yi bo‘la turib, xakkini ado kilmasa, kiyomat kuni o‘shalar eng katta va semiz xolida keltiriladi. Ular uni tuyoqlari bilan depsaydilar, shoxlari bilan suzadilar. Qachon uning oldidan oxirgisi o‘tsa, oldingisi qaytib keladi. Odamlar orasida hukm chiqarilguncha shunday davom etadi», dedilar». Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan. Shu «Odamlar orasida hukm chiqarilguncha shunday davom etadi», dedilar» jumlasini tushuntirib bersangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomat kunidagi hisob kitob tugagunicha shu hol davom etadi, degani. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 150 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar