Namozni jamlab o‘qish
Assalomu alaykum! Otamla AQShda yuk mashinasi xaydovchisila, doimiy vaqtlari uzoq yo‘llarga qatnash bilan o‘tadi, shu sababdan savolim quyidagicha: yo‘lovchi musofir odam, doim yo‘lda yuradigan peshinni asrga, shomni xuftonga qo‘shib qisqartirib o‘qisala bo‘ladimi? Sunnatni o‘qishlari kerakmi yoki farz o‘zinimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir namozni vaqtida o‘qish kerak.
Ulamolarning ko‘plari hadisdagi ikki namozning jamlanishi suvri jamdir deganlar. Ya’ni, «Suratdagi jam». Bunga binoan Peshin va Shom namozlari oxirgi, Asr va Xufton namozlari oldingi vaqtda o‘qilgan bo‘ladi. Chunki Peshinning vaqti chiqishi bilan Asrning, Shomning vaqti chiqishi bilan Xuftonning vaqti kiradi. Ammo buni odat qilib olishga ruxsat yo‘q.
Namozni jam qilib o‘qish Bunda Peshin va Asr hamda Shom va Xufton namozlarini qo‘shib, birin-ketin, bir vaqtda o‘qish ko‘zda tutilgandir. Boshqa mazhablarda, safardagi odam Peshin bilan Asrni va Shom bilan Xuftonni jamlab o‘qishiga ruxsat, deydilar. Ularning aytishlaricha, Peshinning vaqtida Asrni qo‘shib o‘qib olsa yoki Shomning vaqtida Xuftonni o‘qib olsa, bo‘ladi. Buni «jam’i taqdim» deydilar. Shuningdek, Asr va Xuftonning vaqtida ularga Peshin va Shomni qo‘shib o‘qisa ham, bo‘ladi. Buni «jam’i ta’xir» deydilar. Ammo Hanafiy mazhabida bunga ruxsat yo‘q. Ularda quyidagi dalilga binoan boshqacha ish tutiladi:عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَجْمَعُ بَيْنَ صَلاَةِ الظُّهْرِ وَالْعَصْرِ إِذَا كَانَ عَلَى ظَهْرِ سَيْرٍ وَيَجْمَعُ بَيْنَ الْمَغْرِبِ وَالْعِشَاءِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَلَفْظُهُ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِذَا عَجِلَ عَلَيْهِ السَّفَرُ يُؤَخِّرُ الظُّهْرَ إِلَى أَوَّلِ وَقْتِ الْعَصْرِ فَيَجْمَعُ بَيْنَهُمَا وَيُؤَخِّرُ الْمَغْرِبَ حَتَّى يَجْمَعَ بَيْنَهَا وَبَيْنَ الْعِشَاءِIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safar ustida bo‘lsalar, Peshin va Asr hamda Shom va Xufton namozlarini jam’ qilar edilar».
Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan. Muslimning lafzida:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qachon safarda shoshilib tursalar, Peshinni Asr vaqtiga kechiktirib, so‘ngra ikkisini jam’ qilib o‘qir edilar. Shuningdek, Shomni kechiktirib u bilan Xuftonni jam’ qilib o‘qir edilar», deyilgan.
Ushbu hadisi sharifdan ko‘rinib turibdiki, namozni jam’ qilish safarda shoshilib turgandagina bo‘lgan. Shuningdek, Peshinni oxirgi vaqtiga etib borib o‘qib, uni o‘qib bo‘lishi bilan vaqti kirgan Asrni ham o‘qib olingan. Shuningdek, Shom ham oxirgi vaqtiga borib o‘qilib, undan keyin Xufton eng avvalgi vaqtida o‘qilgan. Namozlarni bundoq qilib o‘qishni Hanafiy mazhabi ulamolari «Jam’i suvriy», ya’ni «Suratdagi jam», deydilar. Bunga binoan, Peshin va Shom namozlari oxirgi, Asr va Xufton namozlari oldingi vaqtda o‘qilgan bo‘ladi. Chunki, Peshinning vaqti chiqishi bilan Asrning, Shomning vaqti chiqishi bilan Xuftonning vaqti kiradi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 171 | Namoz