Aktsiyalar savdosi va Shariatga muvofiq aktsiyalar

Assalomu alaykum Hurmatli Ustozlar ! Men bir ish boshlashdan oldin sizlardan shu ish bo‘yicha fikrlaringizni olmoqchi edim. Men bir e’longa qiziqib Treyderlik kursini o‘rganib halol aktsiyalar oldi sotdisi bilan shug‘ullanmoqchi edim. Endi U jarayonni tushuntirsam. 1. Oldi sotdi qilishdan oldin Amerikadagi «InterastiveBrokers» aktsiya va qimmatli qog‘ozlar bilan shug‘ullanuvchi brokerlik kompaniyasidan (va boshqa kompaniyalar ham bor) online ro‘yhatdan o‘tib xisob raqam ochtiriladi ekan. Shundan so‘ng xisobraqamga pul o‘tkazilib o‘sha kompaniyaning saytidan aktsiyalar oldi sotdi qilinadi. 2. Aktsiyalarni shariatga muvofiqligi tekshirish bo‘yicha ish olib boruvchi bir nechta kompaniyalar bor ekan.(masalan : «Islamisly» , «Zoya» , «Muslim Xchange») Ular Muhammad Taqi Usmoniy hazratning boshchiligida ishlab chiqilgan "SHARIAH STANDARS" kitobida ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha Xalqaro bozordagi kompaniyalar aktsiyalarini shariatga muvofiqligini tekshirishadi ekan. Endi savolim shuki : Men brokerlik kompaniyadan ro‘yhatdan o‘tib xisob ochtirib pul o‘tkazib xalqaro bozordagi aktsiyalarni shariatga muvofiq yuqorida keltirib o‘tilgan saytlarda hamda Muhammad Taqi Usmoniy hazratlarining kitobida keltirib o‘tilgan mezonlarga solib tahlil qilgan holatda ma’lum qismini sotib olib va narx ko‘tarilganda sotib qilgan foydam halol bo‘ladimi ? O‘zi bu kasb halol sanaladimi? MING BOR UZR USTOZLAR QIMMATLI VAQTINGIZNI OLGANIM UChUN.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan brokerlik kompaniyasi faoliyatidan xabardor emasmiz. Umumiy holatda shariatga muvofiq faoliyat yurituvchi kompaniyalarning aktsiyasini “spot” bilan sotib olib, nomingizga to‘liq o‘tganidan so‘ng “spot” bilan sotishingiz joiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:03 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar