Davlat byudjeti

Assalomu alaykum! Biz iqtisodiyot universitetida o‘qiymiz. Bir darsda kursdoshlarimiz va domlamiz bilan bir masalada o‘ylanib qoldik savol shuki: 1. Ribo haromligini bilamiz lekin markaziy bank pul islohotini amalga oshiradi va qayta moliyalash stavkasini ham joriy etadi va yaqinda buni 17% deb belgiladi va markaziy bank shu foizda tijorat banklariga kredit beradi. Tijorat banklari esa jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z foydasini qo‘yib ya’ni 17% dan yuqorida kreditlar beradi. Bu pullardan esa davlat byudjetiga ham boradi. Davlat esa byudjetidan bizga oylik ish haqi to‘laydi. Bu pullar bizga halol bo‘lmadimi? 2. Yoki davlat byudjetidagi xarom pullar yashirin yo‘llar bilan talon taroj qilinadimi ya’ni haromdan kelgan pul haromga ketadimi? O‘zi haromdan kelgan pul haromga ketadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Byudjetdagi pullarning aksari harom bo‘lmagani uchun undan ajratiladigan pul halol qismidan deb e’tiborga olinadi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:03 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar