Ruzani qazosi

Assalomu alaykum! Oldindan vrach qabuliga yozilib qo‘ygandik dushanba kuniga kel deb chaqirib qolishdi yo‘l uzoq ro‘za tutsam uzoq yo‘lga chanqab ochib qo‘yishim yoki analiz uchun qon olsa ro‘zam ochilib ketishi mumkun deb dushanba kuni saxarlik ham qilmadim niyat qilmadim, ro‘za ham tutmadim. Qoldirilgan shu bir kun uchun ro‘zadan kiyin bir kun tutib bersam bo‘ladimi yoki 60 tutib beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ro‘za tutishingiz lozim edi. Endi faqat bir kun qazosini tutib berasiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 158 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar