Maoshimni ehson qilsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men maktabda o‘qituvchiman. Oylik maoshimni qaynonam oladilar.  Ba’zida qo‘shimcha ishlab topgan pullarimni klik orqali ehson qilar va bayramlarda onamga o‘tqazib turar edim(doimiy oyligimdan ortganini). Bir safar turmush o‘rtog‘im buning uchun qattiq urishdilar. Plastikni o‘zlariga rasmiylashtirib qaynonamga berib qo‘ydilar. Men ayollar ham ehson qilishi kerak desam indamaydilar. Shu sababdan topgan pullarimni oilamga ehson qildim desam qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qabul bo‘ladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 128 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar