Imo ishora namoz

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, berayotgan savolim 2martta berilgan ekan, lekin ilmim zaifligi tufayli yaxshi tushunmadim. Iltimos soddaroq qilib tushuntirib beringlar. Savol: man peshin va asr vaktida ishda bo‘laman. Shuning uchun tahorat qilishga umuman imkonim bo‘lmaydi. Shunda tayammum qilib o‘qisam bo‘ladimi?
2). Iloji bo‘lmaganda tik turib yoki o‘tirib o‘qilsa bo‘ladi, lekin qayta o‘kish kerak degan ekansizlar. Shunda namoz qazo hisoblanadimi?
3). Shunda faqat farzni o‘qisa xuftondan keyin sunnat bilan o‘qish kerakmi yoki farzni o‘qisa kifoyami?
4). Holi joy topa olmasa o‘tirgan joyda qimirlamasdan qiblaga qarab o‘qib kegin qayta o‘qish mumkinmi? Oldindan rahmat. Bu javoblar juda ko‘p insonlarga yordam beradi degan umiddaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘lmaydi. 2). Qazo hisoblanadi. 3). Qazoda faqat farzni o‘zi o‘qiladi. 4). Bunchalikka bormaslik kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar