Laboratoiya bonusi
Assalomu alaykum! Mening kasbim shifokor. Bemorlarim zaruriyatga ko‘ra xususiy laboratoriyalarga qon tahlillarini topshiradi. Laboratoriya egasi bemor to‘lagan pulni ma’lum bir foizini menga bonus sifatida qaytarib bermoqchi. Shu pulni men olishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bemordan ortiqcha tahlillar topshirishni hamda boshqa labaratoriyalardan ko‘ra qimmatroq bo‘lgan, siz bilan til biriktirib olgan joyga borishni talab qilishingiz joiz emas. Shifokor o‘z huzuridagi bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va muolaja qilish uchun bor kuchini sarflashi, eng samarali va kamxarj tahlil va amaliyotlar o‘tkazishi shart. Aks holda siz bemorning haqqiga xiyonat qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:17 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat