Qaynota qaynonaning roziligi
Assalomu alaykum! Men islom qoidalariga muvofik, turmush o‘rtog‘imga to‘liq bo‘ysunib yashayman. Ular mendan rozi, ota onasi esa aksincha norozi. Xozir 2-farzandimizga xomiladorman, qaynota qaynonam turmush o‘rtog‘imga ajrashgin yoki uydan chiqib ket deb shart qo‘yishdi, ular ota onasiga 1 marta gap qaytarib meni va bolasini tanladilar. Agar ota onaning o‘zi islomga, jamiyatga qarshi talablar qo‘yadigan bo‘lsa, ularni roziligini olaman deb yashash to‘g‘rimi? Biz ularni talabini bajarmay ya’ni ajrashmay uydan chiqib ketib to‘g‘ri qildikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eringiz taloq qilishdan boshqa har bir joiz bo‘lgan ishda ota-onasiga itoat qilishi kerak. Shunday qilsin ham. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush